Jazoirda 20 yil deganda prezident almashishi mumkin
Jazoirni 20 yildan beri muntazam boshqarib kelayotgan Abdulaziz Buteflikaning to‘rtinchi besh yillik prezidentlik muddati 2019-yilning aprelida o‘z nihoyasiga yetadi. Davlatning yangi rahbarligiga saylov 18-aprel kuniga belgilangan. Prezident Buteflika saylov komissiyasini chaqirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
81 yoshli Buteflika prezidentlikka qayta saylanish xohishini bildirganicha yo‘q, ammo uning Milliy ozodlik fronti partiyasi Buteflikani nomzodlar ro‘yxatiga kiritish niyatida.
Prezidentlikka 45 kun davomida boshqalar ham o‘z nomzodlarini qo‘yishlari mumkin, maboda yangi nomzodlar orasidan kimningdir omadi chopib qolsa, 1999-yildan beri ilk marotaba Jazoirda hukumat almashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter