Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jaziramada muzqaymoq yeb shamollab qolmayin desangiz...

Jaziramada muzqaymoq yeb shamollab qolmayin desangiz...

Foto: «Pg11.ru»

Yozda tomoqni shamollatib qo‘yish juda oson. Negaki muzqaymoqning eng muzdegini,  suvni sovitkichdan olib iste’mol qilish avj oladi. Tashqarida jazirama bo‘lsa, kasallikni uzoq kutishga to‘g‘ri kelmaydi.

Kasal bo‘lib qolmaslik uchun qancha muzqaymoq va suv ichish mumkin? Quyida shu haqida bilib olasiz.

Son va sifat

Xoh muzqaymoq, xoh muzdek suv bo‘lsin, birinchi xavfli omil – haroratdagi tafovvut. Agar tashqari +35 bo‘lsa, siz esa konditsioner bilan sovitilgan xonaga kirsangiz va mevali muzqaymoq yesangiz yoki sovitkichdan muzdek suv olib ichsangiz, kasallik kafolatlanadi. Shuningdek, yegulik va ichimlik miqdoriga ham e’tibor berish kerak. Agar odam ko‘p miqdorda muzqaymoq yeb qo‘ysa (hatto bitta briket yoki stakanchka ham – aslida ko‘p hisoblanadi), bodomsimon bezlar va tomoqning orqa devor shilliq qavatini qattiq sovitib yuboradi. Shunga ko‘ra, mahsulot qancha ko‘p bo‘lsa, a’zolar shuncha ko‘p soviydi. Ayniqsa, surunkali tonzillitdan qiynalayotgan kishilar muzdek mahsulotlarni pala-partish iste’mol qilishi xavfli: bunday vaziyatda yangi xurujni chaqirish oson. Biroq o‘tkir holatdan ham hech kim kafolatlanmagan.

Kuniga bir porsiyagacha muzqaymoq yeyish mumkin. Shunda ham ko‘plik qiladi, negaki kamida 100 g, ba’zida esa 150 g muzlatilgan mahsulot bo‘ladi. Muzqaymoq nihoyatda kaloriyali mahsulot ekanligini unutmaslik kerak. Shu bois qad-qomatni saqlash hamda qandli diabet singari xavfli asoratlarning oldini olish uchun ham me’yorni unutmaslik zarur. Yaxna ichimliklarga kelsak, ularni ham bir ko‘tarishda emas, qultumlab, ehtiyotkorlik bilan ichish lozim. Negaki shilliq qavat uchun bunday muzdek suyuqlik – stress, soviy boshlaydi va organizm shu zahoti keskin yallig‘lanish bilan javob qaytaradi.

Nimani hisobga olamiz?

Birinchi navbatda, me’yor muhim. Muzqaymoqning sal erishini kutish kerak. Masalan, uyda buni uddalash oson: muzlatgichdan muzqaymoqni olib, 5 daqiqa yumshashini kuting. Tashqarida ham shu zahoti tashlanmaslik kerak.

Muzqaymoqni yeyish jarayonida odam o‘zini nazorat qilishi kerak. Agar tomoqda noxushlik alomatlari paydo bo‘lsa, haddan tashqari sovib ketgan bo‘ladi. Bunday vaziyatda odam muzqaymoqni axlat qutiga irg‘itishga o‘zida kuchli iroda topa bilishi darkor. Agar bu uyda bo‘lsa, muzqaymoqni muzlatgichda qaytarib solib qo‘yish mumkin. Lekin, afsuski, hech kim bunday qilmaydi: hamma iloji boricha oxirigacha yeb qo‘yishga harakat qiladi. Masalan, vaziyat: ona bolasiga, o‘ziga va otasiga muzqaymoq olib berdi. Ota o‘zining porsiyasini yeb bo‘ldi, unga me’yor, bola faqat yarmini yeb bo‘ldi va qolganini otasiga berdi, ona 2/3 qismini yeb bo‘ldi va u ham qolganini otasiga berdi. Natijada ota kasal bo‘lib qoladi. Zinhor me’yordan ortiq yeb qo‘ymaslik kerak: qancha qulay bo‘lsa, shuncha yeyish kerak.

Muzdek suv ham xuddi shunday. Agar suvni sovitkichdan olsangiz, dastlab suvni labingizga olib keling, haroratni baholang. Agar ichimlik haddan tashqari sovuq bo‘lsa, o‘z ustingizda tajriba o‘tkazmang. Uni sal ilitib ichishdan erinmang. Albatta, bu faqat iliq suv ichish kerakligini anglatmaydi, lekin muzdek suv ham ichmagan ma’qul.

Chiniqish

Ko‘pchilik tomoq og‘rib qolsa, endi ahvolni yomonlashtirib bo‘lmaydi, muzqaymoq yesa bo‘ladi, deb o‘ylaydi. Bunday qilish yaramaydi. Yallig‘langan shilliq qavatni sovitish jiddiy asoratlarni keltirib chiqaradi.

Agar muzqaymoqni xavotirsiz yeyishni xohlasangiz, chiniqishning oddiy usulini qo‘llash zarur. Yangi siqilgan apelsin sharbatini muz qoliplariga quyib chiqing. Muzlating. Mana shu mitti muz bo‘laklari tomoqni yuklamaga tayyorlashga yordam beradi. Ularni oz-ozdan ehtiyotkorlik bilan so‘rib yurish lozim. Ularni kuniga 2-3 marta shimish mumkin, faqat bir martada bittadan ortiq yeyish mumkin emas. Bu shilliq qavat immunitetini mustahkamlashga ko‘maklashadi.

Xavf-xatarni kamaytirishning yana bir yo‘li bor. Agar odam vaqti-vaqti bilan, lekin muntazam tomoq kasalliklaridan qiynalsa yoki shunchaki kasal bo‘lib qolishdan xavotirlansa, yordamchi sifatida oddiy choydan foydalanishi mumkin. Gap issiq choy haqida bormoqda. Faqat kuydiradigan darajada qaynoq bo‘lmasligi shart. Keyingi chora-tadbir: muzqaymoqni tishlab, yutib yuboring, bir qultum choy iching. Bu chindan ham samara beradi va to‘qimalarni isitadi. Shilliq qavatni sovitdingiz, isitdingiz – lekin bu kontrast samarasini bermaydi, shunchaki sovitish yo‘qoladi. Yoki erigan muzqaymoqni yeb bo‘lgach, ustidan bir piyola issiq choy ichib yuboring.

Birinchi yordam

Bordi-yu, tomoqni sovuq urib, qichish va boshqa noxush alomatlar paydo bo‘lsa, birinchi yordam ko‘rsatish yo‘llari bor. Momalardan qolgan usul – 2 choy qoshiq soda (bolalarga bir choy qoshiq ham yetadi), 1 – 3 tomchi yod (bola, o‘smir, kattalarga qarab), xona haroratidan sal yuqoriroq 200 ml suv. Hammasini aralashtirib, tomoq chayiladi.

Bu oddiy va samarali usuldan uyda shoshilinch yordam ko‘rsatish maqsadida qo‘llash mumkin. Keyin LORga uchrab, muzqaymoq yoki muzdek suv iste’mol qilganingizni aytib berishingiz va birgalikda davolash usulini tanlashingiz kerak bo‘ladi. Odatda tomoq shilliq qavati yallig‘langanda ultratovush namlash, LOR-kombaynda namlash, tomoqning orqa devoriga uchta antiseptik surtish, fiziomuolajalar qo‘llaniladi. Bularning bari yallig‘lanishni davolashga yordam beradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring