Jazirama qachongacha davom etadi?
Respublika Gidrometeorologiya markazi ma’lumotiga ko‘ra, bu haftada ham O‘zbekistonda juda issiq ob-havo saqlanib turadi. Hafta davomida harorat 39-42 daraja, janubiy hududlar va cho‘l zonalarida 44-45 darajagacha ko‘tariladi.
Avval xabar qilinganidek, bu o‘rtacha ko‘p yillik ko‘rsatkichlardan 5-7 darajaga yuqoridir.
Hafta davomida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida garmsel kuzatiladi.
Shuningdek, havo harorati yuqoriligi sabab tog‘ cho‘qqilarida muzliklar erishi natijasida yurtimizning tog‘ oldi tumanlarida sel toshqinlari kuzatilishi mumkin.
Xo‘sh, bunday jazirama yana qancha vaqt davom etishi mumkin?
Gidrometeorologiya markazi mutaxassisining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, juda issiq ob-havo 20-21-iyulga qadar davom etadi. Iyul oyining so‘nggi o‘n kunligida havo harorati biroz pasayishni boshlaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter