Jasur Matchanov MOQ Bosh kotibi lavozimidan ozod etildi
Bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida qo‘mitaning navbatdan tashqari XXXVI Bosh Assambleya yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, vitse-prezident Azizjon Komilov hamda Bosh Assambleya a’zolari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish kun tartibida 2018-yil yanvar oyidan buyon Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi lavozimida ishlab kelgan Jasur Matchanovning o‘z hoxishiga ko‘ra yozgan arizasi ko‘rib chiqildi. Bosh Assambleya a’zolari J.Matchanovning iste’fosini bir ovozdan qabul qilishdi va u lavozimidan ozod etildi.
Xabar qilinishicha, bosh kotib lavozimiga nomzodlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu masalada yakuniy qaror MOQning navbatdagi Bosh Assambleya yig‘ilishida qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter