Jastin Tryudo Kanada bosh vaziri lavozimini saqlab qoldi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo uchinchi marta hukumat rahbari lavozimini saqlab qoldi. CTV News xabariga ko‘ra, 9-dekabr kuni amaldagi hukumatga ishonchsizlik votumi e’lon qilish taklifini parlamentning faqat 152 nafar deputati qo‘lladi, 180 nafari esa qarshi ovoz berdi.
«Konservatorlar yetakchisi Per Pualevrning liberal kamchilik hukumatini ishonchsizlik votumi yo‘li bilan ag‘darishga so‘nggi urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. «Yangi demokratik partiya» a’zolari bunga qarshilik qildi», — deyiladi xabarda.
Jastin Tryudo (1971-y.t.) 2015-yilning 4-noyabridan buyon Kanada bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter