Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jarqo‘rg‘onda 712 mln. so‘m «qo‘shib yozgan» mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Jarqo‘rg‘onda 712 mln. so‘m «qo‘shib yozgan» mansabdorga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Foto: «Xabar.uz»

Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida  712 mln. so‘m  «qo‘shib yozgan» «B.Q.» MChJ rahbari A. B. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, hammasi mahkama huzuridagi Departamentning tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan. Ya’nikim, MChJ tomonidan 2017-2018-yillarda tumanidagi 39 ta ko‘p qavatli uy-joylarni ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.  O‘shanda  amalda bajarilmagan ishlarni hujjatlarga qo‘shib yozish orqali qayd etilgan miqdordagi mablag‘lar o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilinganligi «lop» etib chiqib qoldi.

Ayni paytda holat yuzasidan o‘zlashtirish (167-modda) alomatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  Tergov harakatlari ketmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring