Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jarimalar miqdorini oshirish taklif qilindi

Jarimalar miqdorini oshirish taklif qilindi

Foto: Xabar.uz

Yo‘l harakati xavfsizligi tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksi, Jinoyat-protsessual kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilishi kerak edi.

Ammo kecha, 30 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston XDP fraksiyasining yig‘ilishida bu qonun loyihasi kun tartibidan chiqarib tashlangan.

Muhokama jarayoni boshlanishidan avval fraksiya a’zosi qonun loyihasining qator moddalarida jarimalar miqdorini oshirish, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish nazarda tutilayotgani, ammo buning sabablari asosli ochib berilmaganini ta’kidlab, shuningdek, boshqa omillarni keltirib, qonun loyihasini kun tartibidan chiqarib tashlashni taklif qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring