Jarimalar bazasi o‘chib ketdimi? Rasmiy xabar berildi

Ijtimoiy tarmoqda «YXXB jarima ma’lumotlar bazasi kiberhujumga uchradimi?» sarlavhasi ostida audioyozuv tarqaldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB ma’lum qilishicha, ma’lumotlar bazasiga hech qanday hujum bo‘lmagan va barcha ma’lumotlar mavjud.
«Ma’muriy amaliyot bo‘limi va markaziy kompyuterlashtirilgan boshqaruv va aloqa xizmatining bazalari integratsiya qilinayotganligi sababli ayrim nosozliklar yuzaga kelmoqda. Fuqarolardan ushbu holatni to‘g‘ri tushunishlarini so‘raymiz», deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter