Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jarimadan norozi «Tez yordam» haydovchilariga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

Jarimadan norozi «Tez yordam» haydovchilariga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lgan tez yordam haydovchilarining videomurojaati bilan bog‘liq holat yuzasidan jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 202-2-moddasi (yolg‘on axborot tarqatish) 2-qismi bo‘yicha M. Samiqov (1974 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi maxsuslashtirilgan avtoxo‘jaligi haydovchisi) va D. Kasimov (1972 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi maxsuslashtirilgan avtoxo‘jaligi mexanigi) ga nisbatan yuritilgan ma’muriy ish ko‘rib chiqildi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi.

Sud majlisida aniqlanishicha huquqbuzar M. Samiqov 2023 yil 9 yanvar kuni Telegram messenjeri orqali Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining maxsuslashtirilgan avtoxo‘jaligiga Toshkent shahar IIBB YHXBdan yuborilgan tez tibbiy yordam avtomashinalari tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun tayinlangan qarorlarda belgilangan jarimalarni go‘yoki tez tibbiy yordam haydovchilarining oyligidan olinib qolinayotganligi xaqida yolg‘on ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylagan. M. Samiqov shu sababli tez tibbiy yordam xizmati avtomashinalari chaqiruvga o‘z vaqtida yetib borilmasligida ularni ayblamasliklarini ro‘kach qilib, ushbu harakatlari bilan jamoat tartibiga tahdid soluvchi hamda keng jamoatchilikning muhokamasiga va e’tiroziga sababchi bo‘lgan yolg‘on axborot tarqatgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudining 2023 yil 11 yanvardagi qarori bilan M. Samiqovning harakatlarida MJtKning 183-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari yo‘qligi sababli ishning shu qismi MJtKning 271-moddasi (ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni istisno etuvchi holatlar) 1-bandiga asosan harakatdan tugatildi. M. Samiqov MJtKning 202-2-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilib, u MJtKning 21-moddasi (huquqbuzarlikning kam ahamiyatliligi sababli ma’muriy javobgarlikdan ozod qilish) ga asosan ma’muriy javobgarlikdan ozod etildi va ogohlantirildi.

D. Kasimovning harakatlarida MJtKning 183-moddasi va 202-2-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar alomatlari yo‘qligi sababli unga nisbatan yuritilgan ma’muriy ish MJtKning 271-moddasi 1-bandiga asosan harakatdan tugatildi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 yanvar kuni yo‘llardagi qoidabuzarliklar uchun jarima bayonnomalarini olayotgani haqida 9 nafar tez yordam haydovchilari videomurojaat bilan chiqqan edi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring