JARda odamxo‘r timsohlar hujumi avj olmoqda
Janubiy Afrika Respublikasining Limpopo viloyati ma’muriyati mahalliy aholining 76 yoshli kampir timsohlar qurboni bo‘lishiga tinch munosabatda bo‘lganini ma’qullashdi. Bu haqda «Lenta.ru» nashri xabar bermoqda.
Marhumning qoldiqlari ikki kunlik qidiruvdan keyin Limpopo daryosining irmog‘ini to‘sib turgan «Nandoni» to‘g‘onidagi suv omborida topildi. «Baliqchilar momoning qoldiqlarini tungi soat uchlarda topishdi. Jasadni timsohlar galasi o‘rtaga olgan ekan», — degan kampirning qarindoshlaridan biri.
Vxembe tumani hokimi Florens Radzilani (Florence Radzilani) marhumning oilasiga kelib ta’ziya izhor etdi. Tashrif chog‘ida u mahalliy aholi mamlakatning boshqa hududlarida shunga o‘xshash hodisalar sodir bo‘lganidan keyin uyushtiriladigan namoyishlar va tartibsizliklarni boshlamagani uchun minnatdorlik bildirdi.
Limpopoda Nil timsohlari keng tarqalgan. Ular besh metrgacha o‘sadi, juda tajovuzkor bo‘lib, karkidon, begemot, jirafa, buyvol va sher kabi yirik va qudratli hayvonlarni ham suv tagiga tortib ketishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter