Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JARda ko‘hna masjid yonib ketdi

JARda ko‘hna masjid yonib ketdi

Foto: «Ntv.ru»

Janubiy Afrika Respublikasining (JAR) janubi-sharqida joylashgan Durban shahridagi ko‘hna masjid yonib ketdi. Voqea joyidan tasvirga olingan kadrlarni «Twitter» foydalanuvchilari joylashgan.

Mamlakatdagi eng katta masjidlardan biri — kattaligi bo‘yicha Yoxannesburgdagi Nizomiy masjididan keyin ikkinchi o‘rinda turadi — Grey ko‘chasida joylashgan. Yong‘in sababi hali noma’lum, jabrlanuvchilar haqida ham xabar berilmagan. Faqat kadrlarda yong‘in butun binoni qurshab olganini ko‘rish mumkin. Voqea joyida o‘t o‘chiruvchilar ishlashmoqda, tez yordam mashinalari ham yetib kelishgan.

Masjid 1881-yili Durbanda ochilgan. Uni 1927-yilda qaytadan qurishgan, 70-yillarning oxirigacha u kattaligi bo‘yicha JARdagi eng katta masjid hisoblangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring