Jar yoqasidan qutqarildi
Joriy yilning 26 sentyabr kuni bir guruh fuqarolar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga dam olish maqsadida boradilar. Uyga qaytayotgan vaqtda avtomobil haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotadi va avtotransport jarlik tomon harakatlanib, qiyalikda turib qoladi.
Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadiga xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, otryad qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarga zarur amaliy yordam ko‘rsatdilar va qiyalikdagi avtomobil yuqoriga olib chiqildi.
Vaziyat oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter