Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janubiy Koreya uchun qalbaki hujjat tayyorlagan firibgar qo‘lga tushdi

Janubiy Koreya uchun qalbaki hujjat tayyorlagan firibgar qo‘lga tushdi

Foto: Prokuratura departamenti.

Marg‘ilon shahrida fuqaroni Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishni va’da qilgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda B.I. (firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro B.R.ga Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, unga qalbaki hujjatlarni tayyorlab berib, evaziga 9 300 AQSh dollarini qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Shuningdek, tekshiruv davomida B.I. tomonidan 500 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring