Janubiy Koreyadagi janjalda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
O‘zbekistonning Seul shahridagi elchixonasi konsullik bo‘limi bergan ma’lumotga ko‘ra 2019-yilning 26-iyul kuni Koreya Respublikasining Inchon shahrida o‘zaro janjal oqibatida O‘zbekiston fuqarosi I.L. og‘ir jarohatlandi va vafot etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga oldi va tergov tarbirlarini amalga oshirmoqda.
Elchixona mazkur vaziyatni nazoratga olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter