Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen Inning qiyofadoshi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In 20 kilogramm vazn yo‘qotdi, biroq uning sog‘lig‘ida hech qanday muammo yo‘q. Bu haqda payshanba kuni razvedka ma’lumotlariga tayanib Janubiy Koreyaning «Ryonxap» axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Janubiy Koreya davlat razvedkasi mamlakat parlamentining yopiq yig‘ilishida Kim Chen In o‘rniga uning qiyofadoshi omma oldida paydo bo‘lgani haqidagi mish-mishlarni rad etgan. Shunchaki, KXDR yetakchisi ozib ketgan, avvalgidek 140 kilogramm vaznga ega emas.
Yaqinda Amerika ommaviy axborot vositalari Kim Chen Inni shu yozda uning singlisi hokimiyatdan chetlatilgani va uning o‘rniga qiyofadoshi faoliyat ko‘rsatayotganini da’vo qilishdi.
«Ryonxap» xabariga ko‘ra, Janubiy Koreya razvedkasi Kim Chen Inning suratlaridan uning sog‘lig‘ini tahlil qilish uchun «sun’iy intellekt texnologiyasi va boshqa ilmiy usullar»dan foydalangan.
Kim Chen In hokimiyat tepasiga 2011-yil oxirida otasi Kim Chen Ir vafotidan so‘ng kelgan. Uning bobosi Kim Ir Sen KXDR asoschisi bo‘lib, 1994-yilda hayotdan ko‘z yumgan. Shimoliy Koreyada hokimiyat ota hech qachon otasining ahdlariga xiyonat qilmaydi, degan asosda meros qilib olinadi. Kim Chen Inning merosxo‘ri bor-yo‘qligi noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter