Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Janjal ko‘targan qurilish firmasi vakillari qamaldi

Janjal ko‘targan qurilish firmasi vakillari qamaldi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Joriy yilning 17 may kuni taxminan soat 10.00 larda Yunusobod tumani 8-mavzeda qurilish firmasi vakillari va shu hududda yashovchi aholi o‘rtasida mojaro yuzaga kelgan.

Toshkent shahar IIBBga ko‘ra, ushbu hududda qurilish bo‘lishiga norozilik bildirgan fuqarolarga qarshi 1991 yilda tug‘ilgan F.J., 1992 yilda tug‘ilgan S.X., 1993 yilda tug‘ilgan X.N.lar baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini buzishgan.

Mazkur holat yuzasidan F.J., S.X., X.N.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘grisidagi kodeksining 183-moddasi (Mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudi tomonidan ularga nisbatan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring