Jamoatchilik nazorati uchun «Jamoatfikri.uz» portali ishga tushiriladi
Ushbu portal prezident hujjatlari ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.
Mazkur qarorga ko‘ra, 2019-yilning boshiga qadar YaIDXP doirasida «Jamoatfikri.uz» portalini ishga tushirish vazifasi topshirilgan. Ushbu portal aholi, senatorlar, deputatlar, tadbirkorlik sub’yektlari va nodavlat NNT tomonidan Prezident hujjatlarining jamoatchilik nazoratini amalga oshirish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter