Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyning  15 ta shahrida jamoat transporti to‘liq elektrlashtiriladi

Xitoyning  15 ta shahrida jamoat transporti to‘liq elektrlashtiriladi

Xitoy sanoat va informatsion texnologiyalar vazirligi bayonotiga ko‘ra, mamlakatdagi 15 ta shahar, jumladan, Pekin va Shanhayda ham jamoat transporti parklari to‘liq elektrlashtiriladi. Bunda atmosferaga zararli chiqindilar ajratadigan transportlardan voz kechiladi.

Xitoy hukumatining 8 ta vazirligi hamkorligida amalga oshiriladigan ulkan loyihaga ko‘ra, avtomobillardan tortib avtobus va taksilar, turli maxsus xizmatlar, xususan, obodonlashtirish, pochta tashuvlari, ekspress jo‘natmalar va shaharlardagi logistika tizimiga biriktirilgan transportlar ham faqat elektr tokida harakatlanishi ko‘zda tutilgan.

«Yashil tashabbus» doirasida ikki yil ichida olti yuz mingdan ziyod transport vositasini yangilash ko‘zda tutilgan. Yo‘l xaritasiga muvofiq elektromobillar uchun 700 mingta zaryadlash stansiyasi barpo etiladi. Mavjud 7800 tasining akkumulyator tizimlari yangilanadi. Bu jarayonda eng aqlli va tezkor quvvatlantirish texnologiyalaridan foydalanish rejalashtirilgan.

Xitoy dunyodagi eng katta issiqxona gazlari emitenti hisoblanadi. Pekin va Shanhay dunyo miqyosida havosi eng ifloslangan shaharlar reytingida yuqori o‘rinlarda turadi. Bu esa yirik shaharlarda jamoat transporti tarmog‘ini ekologik toza transport vositalari bilan kengayishiga olib kelmoqda.

2017-yilda Shinjon shahri dunyodagi birinchi bo‘lib avtobuslari to‘liq elektrlashtirilgandi. Hozirning o‘zida Xitoy ko‘chalarida qariyb yarim milliard elektrobuslar harakatlanmoqda. Bu dunyodagi elektrlashtirilgan jamoat transportining 90 foizini tashkil etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring