Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoat joyida niqobsiz yurib, kamiga boshqalarni haqorat qilgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

Jamoat joyida niqobsiz yurib, kamiga boshqalarni haqorat qilgan shaxs 10 sutkaga qamaldi

Illyustrativ foto

Voqelik shu yilning 25-mart kuni, qoq peshinda Quva tumani markazida yuz berdi. Bu haqda «Xabar.uz»ga tuman ma’muriy sudi rasi Azizbek Jumayev ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, huquqbuzar B.Olimov (o‘zgartirilgan), Respublika hududida karantin e’lon qilingan bo‘lishiga qaramay («yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni» buzib), tibbiyot  niqobisiz yurib, ustiga ustak, mast holatda — jamoat tartibini buzgan holda kundalik ishlari bilan mashg‘ul tuman obodonlashtirish bo‘limi xodimlarini tikka haqoratlaydi.

Boshqa payt bo‘lganda-ku, mayli, uzr-ma’zur bilan masala o‘rnida hal etilishi mumkin edi. Biroq hozirgi murakkab sharoit — bitta gap kam, ikkitasi ortiqcha bo‘lib turgan paytda  B.Olimovning qilig‘i hech qanday quyushqonga sig‘maydi-da. Shu bois darhol unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, ishi sudga oshirildi.

Sudda aytilgan iqror-u pushaymonlikdan naf bormi endi?!

Qisqasi, sud uning harakatlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi kodeksning 183- («Mayda bezorilik») va 54-(«Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish») moddalari bilan unga uzil-kesil 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring