Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jamoa 114 yillik tarixida birinchi marta A Seriyaga chiqdi

Jamoa 114 yillik tarixida birinchi marta A Seriyaga chiqdi

Foto: «Korrespondent»

Italiya B Seriyasi pley-off o‘yinida chempionatning yuqori divizoni — A Seriyaning 2020/21-yilgi mavsumi so‘nggi qatnashchisi nomi aniqlandi. Bu jamoa ikki o‘yin yakuniga ko‘ra «Frozinone»dan ustun kelgan «Spetsiya» bo‘ldi.

Birinchi o‘yinda «Spetsiya» 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi, javob o‘yinida Alessandro Nesta boshchiligidagi «Frozinone» xuddi shu hisobda zafar quchdi.

Reglamentga ko‘ra, qo‘shimcha vaqt belgilanmadi (penaltilar ham),  jamoalar B Seriyani qanday yakunlagani hisobga olindi: turnir jadvalida 3-o‘rinni band etgan «Spetsiya» («Frozinone» — 8-o‘rin) A Seriyaga yo‘llanma oldi.

Shu tariqa 1906-yilda asos solingan 114 yoshli «Spetsiya» o‘z tarixida ilk marta A Seriyada to‘p suradigan bo‘ldi. U bilan birga bu yil yuqori ligaga «Benevento» va «Krotone» ham ko‘tarilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring