Jalolovning raqibi 2 raund ham chidab berolmadi. Chorakfinalda azaliy raqib duch keladi

Toshkentda boks bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazilmoqda.
Kechaki janglarda Bahodir Jalolov ringga ko‘tarildi. Tokio olimpiadasi g‘olibi avstraliyalik Teremoanani 2-raunddayoq texnik nokautga uchratib, ketma-ket ikkinchi g‘alaba bilan chorakfinalga yo‘llanma oldi. Bu bosqichda unga qozog‘istonlik Qamshibek Konkabayev duch keladi.
JCh-2023. O‘zbekistonlik bokschilarning 7 may kungi ishtiroki:
57 kg. Abdumalik Xalokov - Charli Senior (Avstraliya) – 5:0 g‘alaba.
75 kg. A’loxon Abdullayev – Meng Yang Jao (Xitoy) – 5:0 g‘alaba.
51 kg. Hasanboy Do‘smatov - Said Mortaji (Marokash) – 5:0 g‘alaba.
+92 kg. Bahodir Jalolov - Teremoana Teremoana (Avstraliya) – 2-raundda texnik nokaut.
Bugun, 8 may kuni ringga chiqadigan bokschilar ro‘yxati ham e’lon qilindi. Ular orasida o‘zbekistonlik bokschilar ham bor.
Bugun ringga ko‘tariladigan o‘zbek bokschilari:
-54 kg: Oybek Jo‘rayev - Tamir Galanov (Serbiya) (B ring, 14:55dan so‘ng)
-92 kg: Lazizbek Mullojonov - Giorgi Tchigladze (Gruziya) (A ring, 16:10dan so‘ng)
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev - Sanjar Tashkenbay (Qozog‘iston) (B ring, 18:10dan so‘ng)
-60 kg: Mujibillo Tursunov - Muhammad Hamud (Marokash) (B ring, 19:10dan so‘ng)
-86 kg: Shohjahon Abdullayev - Sagindik Tagambay (Qozog‘iston) (A ring, 20:10dan so‘ng)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter