Lyuis Hemilton familiyasini o‘zgartiradi
«Formula-1»ning yangi mavsumidan «Mercedes» jamoasi sharafini Lyuis Hemilton-Larbalester nomli poygachi himoya qiladi.
Yetti karra jahon chempioni o‘z nomiga onasining qizlik familiyasini qo‘shadi.
«Sport-Ekspress» yozishicha Lyuis Hemilton yangi hujjatlarini rasmiylashtirishni boshlagan.
«Hemiltonlarga sharaf keltirish menga doim g‘urur bag‘ishlagan. Biroq onamning familiyasini (Larbalester) ham sharaflashni istayman. Ayollar turmushga chiqarkan, ko‘pincha familiyalaridan judo bo‘lishi — adolatdan emas», — taniqli sportchi o‘z qarorini shunday izohladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter