Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonning eng yirik IT-brendlari yangiliklari namoyish qilinayotgan anjumanda AKT vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda

Jahonning eng yirik IT-brendlari yangiliklari namoyish qilinayotgan anjumanda AKT vazirligi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda

Ispaniyaning Barselona shahrida «Mobile World Congress 2018» bo‘lib o‘tmoqda.

Foto: «Engadget»

26-fevral kuni Ispaniyaning Barselona shahrida «Mobile World Congress 2018» axborot texnologiyalari sohasi va hukumatlar vakillari, mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilar ishtirokidagi navbatdagi mobil texnologiyalar va yechimlarga bag‘ishlangan Jahon mobil kongressi ochildi.

Ushbu kongress ko‘rgazmasi doirasida «Samsung» yangi «Galaxy S9» flagmanlarini rasman taqdim qildi, «Huawei» ilg‘or planshetofonlarni namoyish etdi, «Matritsa» filmidagi afsonaviy telefon qayta «jonlantirildi», «Energizer» 16000 mA/soatlik smartfon taqdim etdi, «Sony» mutlaq qorong‘ulikda ham suratga olishga qodir ikkitalik kamerasi prototipini ko‘rsatdi.

Jahonning 1600 ziyod IT-brendlari va kompaniyalari mahsulot hamda xizmatlarini namoyish qilinayotgan mazkur «Mobile World Congress» anjumanida «O‘zbektelekom» AK, Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya ham ishtirok etmoqda.

Jadal rivojlanib borayotgan yangi texnologiyalar, xizmat ko‘rsatishning yangi turlari insonlar turmush tarzi va kasbiy faoliyatiga sezilarni ta’sir o‘tkazmoqda. Mazkur kongress ushbu jarayonlarning markazi bo‘lib, shu kunlari hukumatlar va sanoat vakillari keyingi rivojlanish bosqichlari yuzasidan fikr almashadilar.

Ushbu anjuman 220 davlatdan 800 ta mobil operatorlarni atrofida birlashtirgan GSM assotsiatsiyasi boshchiligida o‘tkazililib kelinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring