Jahonning eng boy kishilari bir yilda qancha topishadi?
![Jahonning eng boy kishilari bir yilda qancha topishadi?](https://static.xabaruz.com/crop/4/0/720_460_95_404027183.jpg)
Jahonning eng boy kishilari ro‘yxatini yangilagan «Forbes» jurnali «Amazon» kompaniyasi asoschisi va rahbari Jeff Bezosni yana birinchi o‘ringa loyiq topdi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/6/720__-0lPhSi6ij24tuIyi76koK0fASKmMxxy.jpg)
O‘tgan yili xotini bilan ajrashishi biznesmenning daromadiga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi: 2018 yili Bezosning boyligiga yana 19 milliard dollar qo‘shilib, 131 milliard dollarga yetdi. «Amazon» kapital qiymati esa trillion dollargacha o‘sdi.
![](https://static.xabar.uz/uploads/6/720__hiwBNTOTtm-MlkR82BNW0jIzoNvd6Sou.jpg)
«Forbes» jahonning eng boy ayolini ham aniqladi: «LʼOréal» kosmetika imperiyasi vorisi Fransuaza Bettankur-Mayersning boyligi — 49,3 milliard dollar. Bir yilda 7,1 milliard dollar ishlagan Bettankur-Mayers xonim jahonning eng boy kishilari umumiy reytingida 14-o‘rinni band etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter