Jahongir Ortiqxo‘jayevga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Nodira Umarova shahar hokimi o‘rinbosari — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.
Umarova Nodira Nigmatullayevna 1969-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Toshkent davlat pedagogika instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi)ni tamomlagan.
2018-yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Band bo‘lmagan aholiga xizmat ko‘rsatuvchi monomarkaz direktori bo‘lib ishlagan.
Oila va xotin-qizlar boshqarmalarining qolgan yangi rahbarlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter