Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahongir Ortiqxo‘jayevga maslahatchi tayinlandi

Jahongir Ortiqxo‘jayevga maslahatchi tayinlandi

Prezidentning 2018-yil 17-avgustdagi «Toshkent shahrida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish bo‘yicha huquqiy eksperiment to‘g‘risida»gi farmoniga muvofiq, Toshkent shahar hokimining jamoatchilik, mahalla va nuroniylar masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etilgandi.

Toshkent shahar Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Kalanov Rustam Abduhakimovich ushbu lavozimga tayinlangan. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.

R.Kalonov 2017-yildan 2020-yilgacha «Nuroniy» jamg‘armasining Toshkent shahar Kengashi raisi, 2020-yildan Toshkent shahar hokimligi, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari sifatida ishlab kelmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring