Jahongir Ortiqxo‘jayev: «Hokimlik jamoasi hammaga yordam beradi. Hech qanday korrupsiyasiz»
Toshkent shahar hokimligida tadbirkorlar, xorijiy investorlar ishtirokida «Toshkent shahrini rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilish»ga bag‘ishlangan «ochiq eshiklar» kuni bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda davlat va xususiy sherikchilikni rivojlantirishga bag‘ishlangan ushbu anjumanda tadbirkorlar va xorijiy investorlar o‘zlarining yangi loyihalari bilan ishtirok etdilar.
«Hokimlik jamoasi hammaga yordam beradi. Hech qanday korrupsiyasiz. Faqat bir iltimos - loyihangizni vijdonan bajaring. Mavjud binolarni buzilishga tushirib, qurishni rejalashtirmang. Bizning bir shiorimiz bor - sizlar bilan ishlash jarayonida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash», - dedi Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev.
Tadbirda loyihalarni o‘rgangan Toshkent shahar hokimligi mutasaddi rahbarlari tadbirkorlar va investorlarga o‘z takliflarini berdilar.
Mazkur uchrashuv yakuni bo‘yicha shahar hokimligi tomonidan tegishli qarorlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter