Jahongir Ortiqxo‘jayev deputat etib saylandi

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga deputat etib saylandi. Bu haqda xalq deputatlari Uchtepa tuman kengashi deputati Nuriddin Zayniddinov «Facebook»dagi sahifasida xabar bergan.
Avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayevning nomzodi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan deputatlikka ilgari surilgani haqida xabar bergan edik.
1-iyul kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Jahongir Ortiqxo‘jayev «O‘zLiDep» partiyasidan xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga deputat etib saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter