«Jahon tarixi» darsligidan Kianu Rivzning fotoshopini topishdi — Ukraina
Ijtimoiy tarmoqlarning sinchkov foydalanuvchilari Ukrainada 10-sinflar uchun chiqarilgan «Vsesvіtnya іstorіya» («Jahon tarixi») darsligidan Gollivud yulduzi Kianu Rivzning fotoshopini topishdi. Bu haqda «Tjournal.ru»da xabar qoldirildi.
«Vsesvіtnya іstorіya» («Jahon tarixi») darsligi muallifi — tarix fanlari nomzodi, Ukraina Xolokostni o‘rganish instituti direktori Igor Shupak. U boshqa sinflar uchun ham tarix darsliklari yozgan. Ushbu darslikka annotatsiyada Ukraina ta’lim va fan vazirligi tomonidan tavsiya etilgani ko‘rsatilgan.
Suratkash Charlz Ebbets 1932-yili Nyu-Yorkdagi Rokfeller markazini qurayotgan ishchilarning tushlik manzarasini tasvirga olgan va bu foto «Osmono‘pardagi tushlik» («Lunch a top a Skyscraper») nomi bilan mashhur edi. Fotoshopchilar Kianu Rivzni ana shu ishchilar qatoriga joylab yuborishgan.
Ko‘rinib turibdiki, darslik mualliflari internetdan ko‘chirib olishda suratning fotoshopligini nazardan qochirishgan.
Ushbu darslikning elektron ko‘rinishini internetda topishingiz mumkin — «TJ» buni tekshirib ham ko‘rdi: kitobning 58-betini ochsangiz, AQShning Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig‘idagi tarixiga bag‘ishlangan bobda, Kianu Rivzni albatta ko‘rasiz.
Fotosuratning asl nusxasida 11 kishi tasvirlangan. 12-chisi bor suratni ko‘rsangiz, bilingki, bu fotoshop.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter