Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi

Joriy yil 30 apreldagi PF-74-son farmon bilan Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Unga ko‘ra, ayrim hujjatlarga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:
- bir qator davlat ishtirokidagi korxonalarning maxsus (eksklyuziv) huquqlari bekor qilinadi;
- bojxona yig‘imlarining fiskal maqsadlarda undirilmasligi ta’minlanadi;
- oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi joriy etiladi;
- respublika hududida maishiy elektr priborlarining energiya samaradorlik talabi xalqaro me’yorlarga muvofiqlashtiriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter