Jahon mamlakatlarining raqobatbardoshlik reytingi e’lon qilindi
Menejmentni rivojlantirish xalqaro instituti (IMD) mamlakatlarning raqobatbardoshlik reytingini yangiladi.
Reytingni tuzishda juda ko‘p narsalar hisobga olingan: yashash minimumi kattaligi, aholining bandligi, davlat xarajatlari, siyosiy barqarorlik, biznesni himoyalash va boshqalar.
Reytingga jami 63 ta mamlakat kiritilgan.
Reytingga ko‘ra, raqobatga eng bardoshli 10 mamlakat:
- Singapur
- Daniya
- Shveysariya
- Niderlandiya
- Gonkong
- Shvetsiya
- Norvegiya
- Kanada
- BAA
- AQSh.
O‘zbekiston bu reytingda yo‘q, bizga «o‘xshash» mamlakatlar reytingda quyidagicha joylashgan:
O‘tgan yili 45-o‘rinni egallagan Rossiya bu safar 50-o‘rinda. Litva — 31, Latviya — 41, Qozog‘iston — 42 (o‘tgan yili — 34), Ukraina — 55 o‘rinda.
Ro‘yxatning eng oxirida (61—63-o‘rinlar) Mo‘g‘uliston, Argentina va Venesuela.
To‘liq ro‘yxat bu yerda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter