Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon kubogi saralashi: hamyurtlarimiz g‘olib va sovrindorlar safidan joy olishdi

Jahon kubogi saralashi: hamyurtlarimiz g‘olib va sovrindorlar safidan joy olishdi

Qirg‘izistonning Bishkek shahrida ot sportining to‘siqlardan sakrash va ot yo‘rttirish yo‘nalishi bo‘yicha Jahon kubogining 3-saralash bosqich bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda O‘zbekiston Yilqichilik va ot sport federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev va terma jamoa  chavandozlari – Bekzod Qurbonov, A’zam Tolibboyev, Xurshidbek Alimjonov, Umid Komilov, Oqiljon Sobirjonov hamda Alyona Derevyankolar ishtirok etmoqda.

120 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bahslarida hamyurtimiz Bekzod Qurbonov Santos Xeppika laqabli oti bilan 1-o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rin qirg‘izistonlik Andrey Tryapisinga, uchinchi o‘rin esa qozog‘istonlik Ayan Ganiga nasib etdi.

140 sm kvalifikatsiya beruvchi Gran-Pri bellashuvlarida Bekzod Qurbonov Matts laqabli otida 59.15 soniya natija ko‘rsatib, oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Xurshidbek Alimjonov Chempions League laqabli otida kumush (59.77 soniya) medalga sazovor bo‘ldi.

Ot yo‘rttirish bahslarida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medalni qo‘lga kiritishdi. Alyona Derevyanko va uning Red Daymond laqabli oti 67,142 % natija ko‘rsatib, bronza medali sohibi bo‘lishdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring