Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon chempionati chiptalarining narxlari e’lon qilindi

Jahon chempionati chiptalarining narxlari e’lon qilindi

Bu yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘yinlari uchun chiptalar narxlari e’lon qilindi. Bu haqda FIFA xabar berdi.

Sotuvlarning birinchi bosqichi 8 fevralgacha davom etadi. Bu vaqt oralig‘ida futbol muxlislari FIFA rasmiy sayti orqali chiptalarni xarid qilishga ariza berishlari mumkin. Faqat bunda joy noma’lumligicha qoladi. Agar arizalar soni kerakli miqdorda oshib ketsa, chiptalar qur’a orqali aniqlanadi.

Guruh bosqichi o‘yinlari chipta narxlari: mahalliy aholi uchun 40 qatar riyoli (11 dollar), xorijliklar uchun 250-800 riyolgacha (69-220 dollargacha). Final o‘yini chiptalari mahalliy aholiga 750 riyol (206 dollar), chet elliklarga 2200-5850 riyol (604-1,6 ming dollar)gacha sotiladi.

Qatardagi jahon chempionati 2022 yil 21 noyabrdan 18 dekabrgacha o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu arab mamlakatlarida bo‘lib o‘tadigan ilk mundial hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring