Jahon chempionati 2 ta oltin va 1 ta kumush bilan boshlandi

Toshkentda o‘tkazilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ilk medallarini qo‘lga kiritdi. -67 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Doston Yoqubov dast ko‘tarish mashqida 144 kg. bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Siltab ko‘tarish mashqida esa u kolumbiyalik Fransisko Moskera bilan oltin medal uchun kurash olib borib, yakunda ikki kurash bo‘yicha g‘alaba qildi. Bu terma jamoamiz uchun jahon chempionatidagi ilk medallar bo‘ldi. Ushbu vazn toifasida Adhamjon Ergashev siltab ko‘tarish mashqida 174 kg bilan kichik bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha JCh, -67 kg.:
- Doston Yoqubov (O‘zbekiston) – 324 kg (144+180)
- Fransisko Moskera (Kolumbiya) – 316 kg (137+179)
- Zulfat Garayev (Rossiya) – 315 kg (146+169)
- Adhamjon Ergashev (O‘zbekiston) – 308 kg (134+174)
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter