Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahon banki O‘zbekistonni olqishladi

Jahon banki O‘zbekistonni olqishladi

Jahon banki COVID-19 pandemiyasiga qaramay, O‘zbekistondagi bozor islohotlarining davom etishini olqishlaydi.

Bu haqda Jahon banki vitse-prezidenti Anna Berdening O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi yakunlari bo‘yicha chop etilgan maqolasida aytilgan.

Ta’kidlanishicha, Bank 2022-2025 yillarda O‘zbekiston bilan yangi besh yillik Sheriklik dasturi doirasida islohotlarni qo‘llab-quvvatlashni davom ettiradi.

Amaldagi dastur ta’lim, sog‘liqni saqlash, energetika, suv ta’minoti, qishloq xo‘jaligi, transport va boshqa sohalarni qamrab olgan umumiy qiymati $4,1 milliardlik 23 ta loyihani o‘z ichiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, Jahon banki pandemiya oqibatlarini yengib o‘tish maqsadida O‘zbekistonga birinchilardan bo‘lib yordam ko‘rsatdi. Birgina o‘tgan yilda $1,6 milliardlik loyihalar ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring