Jabrlanuvchilarning har beshtadan bittasi bolalar
Odam savdosi ayollar, erkaklar va bolalardan zo‘rlik bilan foydalanadigan jinoyatdir. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, odam savdosi dunyoning har bir mamlakatida mavjud muammo sirasiga kiradi. Ammo u haqida yetarlicha gapirilmaydi.
Umuman, odam savdosi juda yirik daromad keltiradigan soha bo‘lib, yiliga taxminan 150 milliard dollar miqdoridagi noqonuniy foyda keltiradi. Aslida, bu noqonuniy qurol va giyohvand moddalar savdosidan tashqari global uyushgan jinoyatchilarning eng katta daromad manbayidir.
Quyida odam savdosi bilan bog‘liq siz bilmagan ma’lumotlar haqida to‘xtalamiz.
- Odam savdosi insonlarni ekspluatatsiya qilinadigan vaziyatga olib kelishni o‘z ichiga oladi. Bunga majburiy mehnat, nikoh, fohishalik va inson tana a’zolarini olib tashlash kabilarni kiritish mumkin. Ushbu turdagi ekspluatatsiya bir necha nomlar bilan ma’lum. Masalan «odam savdosi», «zamonaviy qullik» va hakazo.
- Bugungi kunda dunyo bo‘ylab «zamonaviy qullik» iskanjasida 20 milliondan 46 milliongacha odam yashaydi. Odam savdosining to‘liq ko‘lamini baholash juda mushkul. Boisi, aksariyat davlatlarda «jinoyatlarning yashirin qiyofasi» deb nomlangan holatlar ko‘pincha aniqlanmaydi.
- Hisob-kitoblarga ko‘ra, xalqaro miqyosda odam savdosining atigi
0,4 foizigina omon qoladi. Bu o‘z navbatida, odam savdosiga jiddiy e’tibor qaratish lozimligini anglatadi. - Odam savdosi savdogarlari yiliga taxminan 150 millird AQSh dollari miqdorida daromad oladi. Qayd etilishicha, ushbu mablag‘ning 99 milliard dollari jinsiy ekspluatatsiyasiga tegishlidir.
- Dunyo miqyosida, «zamonaviy qullar»ning 71 foizi ayollar va qizlar, erkaklar va o‘g‘il bolalar esa 29 foizni tashkil etadi.
- Ma’lumotlarga qaraganda, AQShga asosan Meksika va Filippindan har yili odam savdosi jabrdiydalari bo‘lgan 50 mingga yaqin insonlar keladi.
- 2018 yil birgina AQShning o‘zida odam savdosi bilan bog‘liq jinoiy ishlarning yarmidan ko‘pi (51,6%) voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlik holatlari bo‘lgan.
- Advakatlarning ta’kidlashicha, o‘z biznes faoliyatlarini ijtimoiy media platformalari orqali olib borayotgan «odamfurush» savdogarlar soni muttasil o‘sib bormoqda.
- Eng achinarli statistikaga ko‘ra, birgina AQShda voyaga yetmaganlarning jinsiy zo‘ravonlik savdosiga kirishdagi o‘rtacha yoshi 12 yoshdan 14 yoshgacha. Ushbu qurbonlarning katta qismini qochoq qizlar tashkil etadi. Shu bilan birga, jabrlanuvchilarning har beshtadan bittasi bolalardir.
- Qayd etilishicha, odam savdosi Qo‘shma Shtatlardagi Texas, Florida, Nyu-York va Kaliforniya shtatlarida eng ko‘p tarqalgan. Las-Vegasda undan ham ko‘p.
- 2016 yildagi statistikaga ko‘ra, odam savdosi qurboniga aylangan ayollar va qizlarning 70 foizi Osiyo va Tinch okeani mintaqalariga, 14 foizi Yevropa va 4 foizi Amerikaga to‘g‘ri kelgan.
- Odam savdosi qurboni bo‘lgan bolalarning asosiy asrab olingan bolalardir. Chunki ular ko‘p hollarda «tarbiyaga olinish» niqobi ostida yomon muhitga tushib qoladi. Yangi muhitga ko‘nika olmaganlari qochib ketadi va bedarak yo‘qoladi yoki jinsiy ekspuatatsiyaga uchraydi.
- Bir necha yirik korporatsiyalar bolalar mehnatidan foydalanadigan yetkazib beruvchilarga bog‘liq va bu muammoni hal qilish bo‘yicha ko‘plab va’dalarga qaramay, haligacha deyarli hech narsa qilinmagan. Masalan, bu toifadagi korporatsiyalarga mashhur Nestle, Hershey’s va Nike kabilarni kiritish mumkin.
- AQSh Mehnat Departamenti ma’lumotlarida ta’kidlanishicha, bolalar mehnati yoki majburiy mehnat natijasida ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan narsalar quyidagilardan iborat: Mayanmardan kelgan bambuk, Braziliyadan olingan banan, Hindistondan guruch mahsulotlari, Kamerondan kakao, Xitoy, Misr, Hindiston va Mali kabi davlatlardan paxta.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter