Izmirda zilziladan keyin qidiruv-qutqaruv ishlari yakuniga yetdi — tafsilotlar
Zilziladan so‘ng 17 ta bino vayron bo‘lgan Turkiyaning Izmir shahrida qidiruv-qutqaruv ishlari nihoyasiga yetdi, deya xabar berdi «NTV» telekanali.
Ta’kidlanishicha, vayronalarni og‘ir texnika yordamida tozalash ishlari boshlandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila oqibatida 114 kishi halok bo‘ldi, 1035 kishi jabrlandi, ulardan 137 nafari shifoxonalarda davolanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 30-oktyabr kuni kunduzi mahalliy vaqt bilan soat 13:31 (Toshkent vaqti bilan 16:31)da Turkiyaning g‘arbiy qismidagi Izmir viloyatida 6,6 balli zilzila sodir bo‘ldi. Buning oqibatida ba’zi binolar qulab tushgan. Vayronalar ostida ko‘plab odamlar qolib ketgan.
O‘zbekiston Prezidenti Turkiyaning g‘arbiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofat – kuchli zilzila oqibatida insonlar qurbon bo‘lgani, ko‘plab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot ko‘rilgani munosabati bilan Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga ta’ziya yo‘lladi.
O‘zbekistonning Istanbul shahridagi bosh konsulxonasi jarohat olganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmaganini ma’lum qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter