Germaniyaning yangi kansleri saylandi
Germaniya Bundestagidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra, Germaniya yangi kansleri etib sotsial-demokrat partiyasi nomzodi Olaf Shols saylandi.
Bundestag sessiyasi N24 telekanali orqali translyasiya qilingan.
Kansler yashirin ovoz berish orqali saylandi. Birinchi turda g‘alaba qozonish uchun nomzod yaqqol ustunlikka ega bo‘lishi lozim edi. Buning uchun bundestagning 736 deputatidan kamida 369 nafarining ovozi kerak bo‘lgan.
Olaf Shols 395 ovoz bilan birinchi turning o‘zidayoq g‘alabani qo‘lga kiritdi va Germaniya kansleri lavozimiga saylandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter