Pastdarg‘omda bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Izboskan tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro N.Sh. 4 nafar fuqaroni tanishlari yordamida Andijon shahridagi «Abu Ali ibn Sino» nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga jami 2 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Vobkent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro U.A. boshqa bir fuqaro U.ning ishonchiga kirib, Buxoro shahridagi Tibbiyot texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 1 500 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.
Departamentning Pastdarg‘om tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Pastdarg‘om pedagogika kollejida bo‘lim boshlig‘i lavozimda ishlovchi A.U. fuqaro F.ga o‘zini ushbu kollej direktori o‘rinbosari deb tanishtirib, uning singlisini kollejning sirtqi bo‘limiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter