Texnikumga direktor tanlash tartibi e’lon qilindi
Texnikum direktorligiga talabgorlar ochiq tanlov asosida tanlab olinadi.
Farmonga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvardan o‘rta bo‘g‘in kadrlariga bo‘lgan talab «Kasbiy ta’lim» platformasi orqali shakllantiriladi.
2025/2026-o‘quv yilidan belgilangan texnikumlarda xalqaro ta’lim dasturlari joriy qilinadi.
Xalqaro ta’lim dasturlari asosida ta’lim olgan va imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan o‘quvchilarga xalqaro ta’lim dasturlari bo‘yicha diplom (sertifikat) hamda kasbiy ta’lim to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom beriladi.
2025-yil 1-yanvardan texnikumlarning direktor va direktor o‘rinbosari lavozimlariga talabgorlarni ochiq tanlov asosida tanlash tartibi joriy qilinadi.
Kasbiy ta’lim tizimida yagona davlat siyosatini yuritish bo‘yicha mas’ul organ etib Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi belgilandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter