Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ixtisoslashtirilgan davlat bog‘chalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlari 100 foiz ustama oladi

Ixtisoslashtirilgan davlat bog‘chalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlari 100 foiz ustama oladi

Foto: Zamin.uz

Hukumat qarori bilan Davlat maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirlining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Xususan kiritilgan o‘zgartirishga asosan endilikda, jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorida, tarbiyachi yordamchilarga esa 50 foiz miqdorda qo‘shimcha to‘lov to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring