Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiy shahrida ixtisoslashtirilgan AKT maktab ochildi

Navoiy shahrida ixtisoslashtirilgan AKT maktab ochildi

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Bugun, 30-yanvar kuni Navoiy shahridagi 8-son umumta’lim maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari J.Maxsudov, Xalq ta’limi vazirligi, mahalliy hokimiyat organlari hamda biriktirilgan homiy korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Maktabda zamonaviy informatika va robototexnika xonalari, raqamli kutubxona tashkil qilindi. Xonalar zamonaviy kompyuter texnikalari, interaktiv sensorli doskalar, 3D printer va arduino qurilmalari bilan ta’minlandi.

Foto: AKT vazirligi axborot xizmati

Ilm maskanida bu kabi imkoniyatlar o‘quvchilarning «Bir million dasturchisi» yirik loyihasida ishtirok etib, dasturlash yo‘nalishida ham o‘z bilim va iqtidorlarini namoyish etishlarida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.

Joriy yilda davlat test markazi tomonidan tanlov asosida mazkur ilm maskanining informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan 2 ta sinfiga 60 nafar o‘quvchi tanlov asosida qabul qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring