Donald Trampning qizi Jahon bankini boshqarishi mumkin
AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp Jahon bankini boshqarishga nomzodlar ro‘yxatiga kirdi. Nomzodlar orasida Qo‘shma Shtatlarning BMTdagi sobiq doimiy vakili Nikki Xeyli Ivanka Trampga munosib raqib sifatida ko‘rilmoqda.
«Financial Times» o‘z manbasiga asoslanib xabar berishicha, Jahon banki fevral oyining o‘rtalariga qadar prezidentlikka nomzodlarni muhokama qiladi, aprel o‘rtalarida yangi prezident nomi aniq bo‘ladi.
Nomzodlar orasida, shuningdek, AQSh moliya vaziri o‘rinbosari Devid Melpas, AQSh xalqaro rivojlanish agentligi rahbari Mark Grin bor.
«RIA Novosti»ning Jahon bankidagi manbasi xabariga ko‘ra, bank xodimlari orasida Ivanka Trampning turmush o‘rtog‘i — Jared Kushnerning prezidentlikka kelishi haqida ham gap-so‘zlar yuribdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter