Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahridagi INHA universiteti talabasi Sochida o‘tkazilgan festivalda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Toshkent shahridagi INHA universiteti talabasi Sochida o‘tkazilgan festivalda oltin medalni qo‘lga kiritdi

Mirshodjon G‘iyosov IT-yo‘nalishda oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Foto: «Inha.uz»

Rossiya Federatsiyasining Sochi shahrida o‘tkazilgan «Yoshlar festivali»da Toshkent shahridagi INHA universiteti (IUT) talabasi Mirshodjon G‘iyosov IT-yo‘nalishi bo‘yicha o‘z loyihasi bilan qatnashib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yoshlar festivali  «Yosh tashkilotchilar», «Yosh jurnalistlar», «Yosh sportchilar», «Yosh ijodkor (rassom, musiqachi, yozuvchi, rejissyor)lar», «Yosh AT va muhandislik mutaxassislari», «Yosh tashkilot va siyosiy partiya xodimlari», «Yosh o‘qituvchilar», «Yosh olimlar» hamda «Yosh tadbirkor rahbarlar» yo‘nalishlarida g‘oliblarni aniqladi.

Bu yilgi festivalga dunyoning 180dan ortiq mamlakatlaridan 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 25 ming nafar yigit-qizlar qatnashdi. Shuningdek, festival ishida 5 ming nafar ko‘ngillilar ham ishtirok etishdi.

Sochi shahrida o‘tkazilgan «Yoshlar festivali» menda katta taassurot qoldirdi. Men Toshkent shahridagi Inha universitetida IT bo‘yicha bilim olayotgan bo‘lsamda, festival doirasida boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha seminarlarda ham ishtirok etdim, ularda ko‘plab mashhur ilm-fan, siyosat, sport va madaniyat vakillari ma’ruzalar o‘qishdi. Bizlarga hatto Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin ham kelib, ma’ruza o‘qidi.

Mirshodjon G‘iyosov

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi 50 nafar yigit-qizlar delegatsiyasi bilan bordi. Festival ishida, shuningdek, delegatsiya tarkibida bo‘lmagan mustaqil ishtirokchilar va Rossiya Federatsiyasida o‘qiydigan, yashaydigan qatnashchilar bilan hammasi bo‘lib, 80 nafarga yaqin o‘zbekistonlik ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring