Italiyalik shifokorlar kiyimiga futbolchilarning familiyasini yozib olishdi
«Milan» muxlisi bo‘lgan italiyalik shifokorlar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda birdamlik ramzi sifatida o‘zlarining himoya kombinezonlariga «rossonerlar»ning o‘yinchi raqami va familiyalarini yozib olishdi, deyiladi futbol jamoasining «Twitter»dagi rasmiy akkauntida.
«O‘yinchilarimizning familiyalari ularning belida. Bu dovyurak erkak va ayollarning bari esa — bizning qalbimizda: har bir «rossoner» hozir bizni qo‘llab-quvvatlamoqda», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter