Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyalik erkak 40 million soxta yevroni saqlab kelgan

Italiyalik erkak 40 million soxta yevroni saqlab kelgan

Foto: «Thejournal.ie»

Neapolda soxta pul tayyorlovchi valyutafurushlarga qarshi tadbirlar chog‘ida 40 million yevro soxta pul ham qo‘lga olindi.

Huquqni muhofaza qilish xodimlari Torre-del-Greko mavzesida joylashgan ombordan bir nechta plastik bochkalarga bekitilgan 90 ta paketni topishdi. Paket ichida 50 va 100 yevrolik banknotlar joylangan ekan. Ombor egasi jami 41 million yevro soxta pulni saqlab kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soxta pullar juda yuqori sifatda tayyorlangan. Soxta pullardan tashqari, 50 yevrolik banknotani chop etuvchi uchta klishe va bir necha o‘n varaq «tajriba nusxalari» topilgan.

Musodara etilgan buyumlar, pullarni hisoblash uchun olti nafar politsiyachining  besh soat ish vaqti ketgan. 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring