Italiyada «Kamorra» mafiyasini boshqarishda ayblanayotgan ayol qo‘lga olindi
Italiya politsiyasi Rim aeroportida «Kamorra» mafiyasi rahbari sifatida gumon qilinayotgan Kampino Mariya Lisardini hibsga oldi. Bu haqda La Reppublica nashri xabar berib o‘tdi.
Aniqlanishicha, ayol Ispaniyaga uchishni rejalashtirgan bo‘lgan. U bir qator tovlamachilik, firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanmoqda.
Lisardi ilgari sudlangan bo‘lib, 8 yillik qamoqdan keyin 2009 yilning dekabrida ozodlikka chiqarilgan edi.
E’tiborli tomoni, keng miqyosli iqtisodiy inqirozga olib kelgan koronavirus pandemiyasi davrida Italiyadagi mafiya tuzilmalari kichik va o‘rta biznesga moliyaviy yordam bera boshlagani haqida xabar berilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter