Italiyada avtomobil ko‘prigi qulab tushdi
Chorshanba kuni ertalab Italiyaning Liguriya va Toskana viloyatlari chegarasida Magra daryosi ustidan o‘tuvchi avtomobil ko‘prigi qulab tushdi, deya xabar berdi milliy yong‘in xavfsizligi xizmati.
Qutqaruvchilar voqea joyiga vertolyotda yetib borishdi.
Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, Toskaniya provinsiyasining Aulla shahrida joylashgan ikki yo‘lli 6 metrli ko‘prik qulab tushgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘prik qulab tushgan paytda telefon kompaniyasiga qarashli yuk mashinasi bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan: transport vositasi haydovchisi jonini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
Toskaniyaning «La Nazione» gazetasi yozishiga qaraganda, guvohlar voqea joyida kuchli gaz hidi chiqqanini aytgan. «il Messaggero» gazetasi esa axlat tashiydigan ikkinchi yuk mashinasi haqida yozgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter