Italiyada 200 ta tobut dengizga oqib ketdi (video, foto)
Italiyada ko‘chki natijasida qabristonning bir qismi dengizga qulashi natijasida dafn etilgan 200 dan ortiq tobut suvda oqib ketdi. Bu haqda 23-fevral kuni «La Stampa» xabar berdi.
Tabiiy ofat Kamoli kommunasi Genuyaga tutashgan shaharchalardan birida sodir bo‘ldi. Ko‘chki ikki kapellaning fasadiga ham zarar yetkazgan. Qabristonda mehnat qilayotgan ishchilar qochib qolishga muvaffaq bo‘lishgan.
O‘t o‘chirish brigadalari, politsiya va qirg‘oq qo‘riqlash xizmati xodimlari voqea joyida ishlashmoqda. G‘avvoslar tobutlarni suvdan chiqarib olish bo‘yicha operatsiyani amalga oshirmoqda. Ehtimoliy yo‘qotishlarning oldini olish maqsadida to‘siqlar o‘rnatildi.
Qabristonga dafn etilgan marhumlarning qarindoshlari hodisa joyidan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda to‘planishib, rasmiy bayonotni kutishmoqda.
Ko‘chkining sababi hali aniqlanmagan, ammo tabiiy ofat tuproq eroziyasi natijasida kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter