Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiya sohillari yaqinida 40 dan ziyod odam cho‘kib ketdi

Italiya sohillari yaqinida 40 dan ziyod odam cho‘kib ketdi

Foto: Giuseppe Pipita / AP

Italiyaning Kalabriya sohillari yaqinida bugun, 26-fevral tongida kema halokatga uchradi. Bu haqda Il Fatto xabar berdi.

Guvohlarga ko‘ra, bu kema emas,  balki ulkan yog‘och qayiq edi, unda Eron, Pokiston, Afg‘oniston va Suriya fuqarolari — qariyb 250 nafar muhojir Yevropa sari yo‘l olgandi.

Politsiya va qirg‘oq qo‘riqlash xizmati 80 kishini qutqardi, yana 21 kishi shifoxonaga yetkazildi, deb yozdi La Repubblica.

ANSA xabariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning aksariyati — bolalar va ayollar. Qutqaruv xizmatlari va g‘avvoslar tirik qolganlarni qidirmoqda.

Italiya bosh vaziri Jorjiya Meloni fojia yuzasidan hamdardlik izhor qildi. Shuning barobarida, u 200 dan ortiq odamni 20 metrli qayiq bilan suvga tushirishni jinoyat, deb atadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring